Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning tashqi ishlar va BAAning hukumat ishlari bo‘yicha vazirlari bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev 1 noyabrda Germaniya tashqi ishlar vazirini qabul qiladi. Uchrashuvda 2 tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi. 3 noyabr kuni BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Shuningdek, iqtisodiyot va odil sudlov masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

“Bu davlat xavfsizligiga tahdid”. Sardor Umurzakov — issiqxonalarning gazdan uzilishi haqida

Prezident Administratsiyasi rahbari issiqxonalarni gazdan uzib qo‘ygan mutasaddilar harakatini “davlat xavfsizligiga tahdid”, deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gazning atigi 1,5 foizi tejalgan, lekin eksport va ish o‘rinlari “o‘ldirilgan”. U “gaz o‘g‘rilaydigan” AGTKSHlar bilan shug‘ullanishni topshirdi.

Mahkumlar internetdan foydalanishi mumkin bo‘ladi

IIVning jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritish borasidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjat bilan, mahkumlarniing elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun internetdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Toshkent shahar hokimligi minglab o‘qituvchilarga forma xarid qilish uchun buyurtma berdi

O‘qituvchilarni bir xil kiyintirish tashabbusi hokimlikning o‘zidan chiqqan, biroq bu forma majburiy emas, dedi poytaxt hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova. Bepul tarqatiladigan forma uchun 1,5 mlrd so‘m mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismidan ajratilgan.

Qozog‘iston bilan chegaradosh “Navoiy-Qoplonbek” o‘tkazish punkti vaqtinchalik yopiladi

1 noyabrdan o‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy — Qoplonbek” avtoyo‘l o‘tkazish punkti 19 oyga yopiladi. Punktda modernizatsiya qilish va texnik jihozlash ishlari amalga oshiriladi.

Shahrisabz bilan Samarqandni bog‘laydigan “charchagan yo‘l” ta’mirlanadi

Prezidentdan “Sahrodan muzlikkacha” turizm magistralini qurish doirasida Shahrisabz va Samarqand shaharlarini bog‘laydigan, Chiroqchi tumanidan o‘tuvchi 30 kmlik yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi. Davlat rahbari rozilik bildirib, busiz sayyohlar Qashqadaryoga kela olmasligini ta’kidladi.

O‘zbek adabiyotshunos olimiga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot berildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, adabiyotshunos olim Shuhrat Sirojiddinov Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. Mukofot Qirg‘iziston Jogorku Keneshi taklifi bilan 2012 yil noyabr oyida ta’sis etilgan.

Hafta davomida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

Noyabr oyi respublika shimoliga nam bulutli massivlar kirib kelishi hisobiga yog‘ingarchiliklar bilan boshlanishi kutilmoqda. Hafta davomida respublikaning turli viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat ham o‘zgarib turadi. Kunduzi o‘rtacha +12…+17 daraja atrofida bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor.

Samarqandda qariyb 475 gramm quyma oltinni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX tomonidan Paxtachi tumanidagi fuqaroga 474,7 gramm quyma oltinni 287 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar hibsga olindi. Ekpertiza xulosasiga ko‘ra, rangli metallning 469,5 grammi “999,9” probali sof oltin bo‘lgan. Holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Banklar dollarning yangi sotish va sotib olish qiymatini e’lon qildi

Markaziy bank 31 oktabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 180,48 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha jahon chempionatini to‘rtinchi o‘rin bilan yakunladi

O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha Fisher nomidagi jahon chempionatining bronza medali uchun kechgan bahsda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. U Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘zbekistonda jihozlar ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uchun yangi moliyaviy imkoniyatlar paydo bo‘ldi

O‘zbekiston 38 mamlakatdagi investorlar, moliyaviy tashkilotlar va texnologiya hamda materiallar yetkazib beruvchilarni jamlagan xalqaro Green Technology Selector (GTS) platformasiga qo‘shildi.

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi Johnson & Johnson vaksinasining birinchi partiyasi keltirildi

O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida qoronavirusga qarshi Johnson & Johnson vaksinalarining 419 950 dozadan iborat birinchi partiyasi olib kelindi.

Beybut Atamkulov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Qozog‘iston sobiq tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. U shu paytga qadar sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

Samarqandda Lada bilan to‘qnashgan yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida Lada bilan to‘qnashgan yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga olib ketildi.

Fors-major holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Hukumat qarori bilan fors-major holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Holatlar vakolatli shaxsning elektron imzosi bilan tasdiqlangan va elektron shakldagi sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi. Sertifikat berish uchun 270 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.

O‘zbekistonlik oliy ma’lumotli ayollar bir oila uchun ikki nafar farzand yetarli deb hisoblaydi

O‘zbekistonda xotin-qizlarning aksariyati farzandlar soni 3−4 nafar bo‘lishini ma’qul ko‘radi. Har yettinchi xotin-qizlar (15,3%) 2 nafar farzand bitta oila uchun yetarli deb hisoblaydi. Bunday javob ko‘proq oliy ma’lumotli ayollarda qayd etildi.

“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maqolalar:

Toshkentdagi kuz — “Gazeta.uz” muxbirlari nigohida

Yomg‘ir, sarg‘ish-qizil tusli barglar, chimlar ustida qaynoq qahva ichib, kitob o‘qiyotganlar yoki oilasi bilan sayr qilib yurganlar — har yili kuz faslida Toshkent o‘zgacha go‘zallikka burkanadi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi oltin kuz faslini fotokameralari obyektiviga muhrlashdi.

Yangi o‘zbek alifbosi qanday bo‘lishi kerak?

“O‘zbek tili oyligi"ning so‘nggi maqolasi muallifi Akmal Sohibov shunday yozadi: “Aksar chet so‘zlarini rus tili va kirill alifbosi orqali olib, yangi o‘zbek alifbosida yozmoqdamiz. Bu amaliyotdan voz kechish payti keldi. Endi “vositachi” tillarni chetga surib, o‘zbek tili imkoniyatlaridan keng foydalanish shart”.

Nobel mukofoti sovrindori Toshkentni jamoat transportiga sarmoya kiritishga chaqirdi

Toshkentda haqiqatan havoning iflosligi, nafas olib bo‘lmasligini sezdim, dedi Nobel mukofoti sovrindori Raye Kvon Chung “Gazeta.uz” muxbiri bilan suhbatda. Professorning fikricha, jamoat transportini ko‘paytirish, avtomobilda shahar ichiga kirmaslik zarur. Aks holda vaziyat bundan ham yomonlashadi.

“Bu qandaydir omon qolish chorasi”. Yunusobodliklar rekonstruksiyadan keyingi Ahmad Donish ko‘chasi haqida

Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasi rekonstruksiyadan keyin piyodalar uchun noqulay va xavfli bo‘lib qoldi. Natijada aravachali ota-onalar va qariyalar qatnov qismidan kesib o‘tishga majbur bo‘lyapti. Va’da qilingan tirbandliklar ham yo‘qolmagan. “Gazeta.uz” fuqarolarning o‘zgarishlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.