O‘zbekiston va Tojikiston xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldi, deb xabar berdi «Xovar» axborot agentligi.

Toshkentda O‘zbekiston DBQ raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov va Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda mamlakatlar o‘rtasidagi bojxona hamkorligini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar tojik — o‘zbek chegarasidagi «Bekobod» nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatini yangilashga kelishib oldi.

Bundan tashqari, tomonlar ikki davlatning tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini qayd etildi. Tovar va mahsulotlarni tashishda bojxona xizmatlarining samarali faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Yig‘ilishda bojxona ko‘rigidan o‘tish tartibini tezlashtirish, chegara postlarida avtotransport vositalarining to‘sib qo‘yilishining oldini olish masalasi ham ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, «Bekobod — Xashtyak» avtomobil nazorat-o‘tkazish punkti 2018 yilda yana sakkizta nazorat-o‘tkazish punkti qatorida uzoq tanaffusdan so‘ng faoliyatini tiklagan edi.