Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) tarixan shakllangan ilmiy maktablarga, o‘z ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion tizimga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi yirik oliy o‘quv yurtlaridan biridir.

Toshkent davlat agrar universiteti o‘z faoliyati davomida 64 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlagan. Ularning ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligi rivojiga ulkan hissa qo‘shib, yurt farovonligi yo‘lida muvaffaqiyatli mehnat qilib kelmoqda. Shuningdek, TDAU bitiruvchilari orasida taniqli olimlar, jamoat va davlat arboblari ham bor.

Biroq, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ta’limi tizimi o‘z faoliyati davomida e’tibordan chetda qolgan va uzoq vaqt davomida o‘z yechimini topmagan bir qator dolzarb muammolarni to‘pladi.


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda fan va ta’lim rivojiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Shunga ko‘ra, oliy ta’limni modernizatsiya qilish doirasida qator qarorlar qabul qilindi. Shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun “2030 yilgacha agrar ta’lim tizimini innovatsion rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Uni amalga oshirish uchun 2022 yil may oyidan “Toshkent davlat agrar universitetida kadrlar boshqaruvi va marketing tizimini transformatsiya qilish” loyihasi ishga tushirildi. Loyihaning ishchi guruhi tarkibiga O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi, Legalmax Central Asia, DQS Quality Systems, AK Uztelecom kabi kompaniyalarning marketing, kadrlar boshqaruvi, xalqaro oliy ta’lim va IT-sohasi mutaxassislari kiritildi.

TDAUga mahalliy va xorijiy ekspertlar jalb qilingan va ular auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazgan. Natijalar asosida ta’lim muassasasini o‘zini mustaqil boshqarish va o‘zini-o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish strategiyasi ishlab chiqildi. Mutaxassislar tomonidan universitet doirasida qator tadqiqotlar o‘tkazilgan, yetakchi mahalliy va xorijiy universitetlarda marketing va xodimlarni boshqarish tizimini joriy etish tajribasi o‘rganib chiqiqlgan.


Mazkur loyiha natijalari asosida Toshkent davlat agrar universitetida kadrlarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda.

Menejment sohasidagi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, xodimlarni boshqarish texnologiyalari — bu butun tashkilot xodimlariga nazorat ta’sirini o‘tkazishning vositalari va usullar tizimi.

Xodimlar, inson aktivi sifatida tashkilotning aktivlarida aks etmaydilar va unga tegishli emaslar. Sababi, odamlar, moddiy aktivlardan (boyliklardan) farqli, mustaqil qarorlar qabul qilishlari, ularga qo‘yilgan talablarni baholashlari va har qanday boshqaruv ta’sirlariga juda sezgir bo‘lishlari mumkin. Ba’zi hollarda odamlarning reaksiyasini oldindan tahmin qilish juda qiyin.

Xodimlarni boshqarishning zamonaviy texnologiyalari esa shu jihatlarni inobatga oladi. Shu sababli ham yetakchi xorijiy universitetlar ushbu texnologiyalardan faol foydalanib kelmoqda.

Zamonaviy texnologiyalari va an’anaviy kadrlar boshqaruv usullari o‘rtasidagi asosiy farq — xodimlarning shaxsiyatining ahamiyati, ularning mehnatga bo‘lgan motivatsiyasini o‘rganish, tashkilotning strategik maqsadlariga erishish uchun jamoa faoliyatini yo‘naltirish qobiliyatidir. Xodimlar ushbu vaziyatda tashkilotning strategik maqsadlariga erishishda yordam beradigan asosiy fastorlaridan biri hisoblanadi.


So‘nggi islohotlar va o‘zini-o‘zi moliyalashtirishga o‘tish nuqtai nazaridan TDAU uchun ta’lim xizmatlari bozorida o‘zining raqobatbardoshligini oshirish juda muhim. Universitet tarkibida professional mutaxassislar bo‘lsa, yetakchi o‘rinni egallash imkoni bo‘ladi. Buning uchun esa kadrlarni boshqarishning zamonaviy texnologiyalaridan faol foydalanish zarur.

Loyiha mutaxassislari jamoasi tomonidan universitet rahbariyati bilan hamkorlikda bir qator qoidalar va reglamentlar ishlab chiqildi. Bundan keyin kadrlarni boshqarish tizimiga rejalashtirish, ishga qabul qilish, tanlash, bo‘sh lavozimlarga nomzodlarni baholash, moslashish, korporativ madaniyat va xodimlarni faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) tizimi bo‘yicha baholash kabi zamonaviy kadrlar texnologiyalari joriy etiladi.

Xodimlarni boshqarish eng murakkab intellektual jarayonlardan biri bo‘lishiga qaramay, HRM-tizimini ishlab chiqishda loyiha jamoasi yangi HR-mutaxassisi ham foydalanishi mumkin bo‘lgan samarali, oson va shaffof metodikalarni yaratishga intildi. Bu texnologiyalar universitetning mulkiga, uning intellektual aktivlarining bir qismiga aylanishi va bir yoki bir nechta asosiy xodimlarning ustunligi bo‘lmasligi uchun yaratilgan.


Loyiha mutaxassislari tomonidan yangilangan, xodimlarni boshqarish tizimini ishlab chiqish yakunlandi, faqat shtat jadvaliga ishga qabul qilish va moslashtirish bo‘yicha mutaxassislar lavozimlarini kiritish, shuningdek ularni yangi tizim bo‘yicha izlash va tanlashni boshlash qoldi. Bu masalalar hozirda TDAU kadrlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha jamoasi rektor Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi TDAU rahbariyatiga, prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlariga minnatdorchilik bildiradi va ularni universitet xodimlarini muhim strategik maqsadlarga erishish yo‘lida yetaklovchi va yo‘naltiruvchi o‘zgarishlarning asosiy sababchilari deb biladi. Shuningdek, TDAU kadrlar bo‘limi xodimlarining loyihani amalga oshirishga qo‘shgan ijobiy hissasini ham qayd etib o‘tildi.

Loyiha maslahatchilari tomonidan ishlab chiqilgan HR-metodikalari amalda qo‘llanilishi — bu Toshkent davlat agrar universitetining mamlakatdagi eng yaxshi universitetlar qatoriga kirish imkoniyatlarini o‘sishi deb baholanmoqda.

Amalga oshirilgan islohotlar tufayli Toshkent davlat agrar universiteti dunyoning eng nufuzli universitetlarining Impact Ranking 2021 reytingiga kiritildi. Britaniyaning Times Higher Education nashri tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida O‘zbekistonning 30 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari xalqaro reytinda o‘rin oldi.

Reklama huquqlari asosida.