oktabr oyining so‘ngi kunlarida respublikada beqaror ob-havo kuzatilib, harorat biroz pasayadi. Bu haqda O‘zgidromet bosh direktori Sherzod Habibullayev o‘zining Facebook`dagi sahifasida ma’lum qildi.

Juma va shanba kunlari respublika hududi iliq va biroz nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. 28 oktabr kuni kechga tomon va 29 oktabr kuni respublikaning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechalari +5…+10 daraja iliq, kunduz kunlari +16…+21 daraja atrofida bo‘ladi.

30−31 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib keladi.

Yakshanba kuni respublika hududi, dushanba kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 30−31 oktabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

30−31 oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

Kunduzi havo harorati +10…+13 darajagacha pasayadi.