Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida erkak oilaviy janjal sabab turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligining «Postda» nashri.

Aniqlanishicha, tumanning «Yo‘ldoshobod» mahallasida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro F.M. turmush o‘rtog‘i bilan muntazam ravishda janjallashib kelgan. Oxirgi mojaro paytida F.M. turmush o‘rtog‘iga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, ikki nafar farzand yetim qoldi.

Tumanda prokuror, viloyat IIB boshlig‘i, mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur holat muhokama qilindi.