ShowYourStripes xalqaro meteorologik tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oxirgi 22 yillikning faqat 2014 yil iqlimiy harorati bazaviy iqlimiy me’yordan past kuzatilgan.

Foto: 1901 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan o‘rtacha yillik havo harorati qiymatlari.

Yuqorida siz ko‘rib turgan grafikda iqlimiy me’yor ko‘rsatkichlari 1971−2000 yillik bazaviy davrga nisbatan solishtirilgan. Unga ko‘ra, 2016, 2019 va 2021 yilning o‘rtacha yillik havo harorati qiymatlari iqlimiy me’yor ko‘rsatkichlaridan deyarli 2 darajaga yuqori kuzatilgan. Shuningdek, XXI asr boshlanishi bilan O‘zbekistonda o‘rtacha yillik havo harorati 2014 yildan tashqari barcha yillarda me’yordan yuqori bo‘layotganligini ko‘rish mumkin.

Global o‘rtacha yillik havo harorati ko‘rsatkichlariga nazar soladigan bo‘lsak, bazaviy iqlimiy harorat me’yordan pastga tushish holati so‘nggi bor 1992 yilda kuzatilgan va shundan buyon iqlimiy harorat faqat me’yordan baland bo‘lib kelmoqda (bu yerda ham 1971−2000 yillik bazaviy davrga nisbatan solishtirilgan).

Ushbu grafikning umumiy holatiga razm soladigan bo‘lsak, ko‘rishimiz mumkinki, o‘rtacha yillik harorat ko‘rsatkichlari borgan sari keskin ko‘tarilib bormoqda. Bu esa dunyo bo‘ylab global isish hodisasi kuzatilayotganligini anglatadi.