Yaqinda maktab ta’tililari boshlanadi va Yangi yilga ham ozgina qoldi. Agar bu tadbirni qanday qilib o‘tkazish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, Asialuxe Travel milliy turoperatori sizga yordam berishi mumkin.

Dubay — BAAdagi ultrazamonaviy va futuristik, ilk onlardanoq o‘z masshtablari, osmono‘par binolari, boshqaruvchisiz metrosi, hashamatli savdo markazlari va boshqalar bilan o‘ziga rom qiladigan shahar. Bu yerga kelib, kelajak qanday bo‘lishini ko‘rish mumkin bo‘ladi.


Ushbu amirlik ko‘plab rekordlarga ega — dunyodagi eng baland bino Burj Halifa, dunyodagi eng katta favvora, dunyodagi eng katta charxpalak Ain Dubai, dunyodagi eng chuqur (60m) basseyn — va bu Dubayning diqqatga sazovor joylarining hammasi emas.

Turli muzeylar va bog‘lar har qnday yoshdagi bolalar uchun tog‘ri keladi: Kelajak muzeyi, Motion Gate, Legoland, Global Village, Aquaventure akvaparki, okeanariumlar va safari-tur — bular hammasi unutilmas xotiralar bo‘lib qolishi mumkin.


Kattalar esa SkyDive Dubai`dan sakrab, adrenalinga to‘lib olishlari, charchoqdan qutulishlari yoki Xline Dubai Marina ziplaynda uchishlari va maza qilib shopping qilishlari mumkin.


Siz o‘zingizga munosib — shahardagi aktiv yoki plyajdagi tinchlantiruvchi ta’tilni tanlashingiz mumkin.

Hamyonbop, har bir qadamda qulaylik va e’tiborni kafolatlaydigan, kichkintoylar uchun hamma sharoitlarga ega bo‘lgan shahardagi yoki oilaviy mehmonxonalar sizlarni kutib olishga tayyor.

BAA poytaxti — Abu Dabi Turkiyani eslatuvchi ajoyib xizmat ko‘rsatishi, All inclusive tizimi va Fors ko‘rfazidagi oppoq plyajlari, lyuks mehmonxona-rezortlari bilan alohida e’tiborga sazovor. Shuningdek, bu yerda dunyoning eng katta masjidlaridan biri — Shayx Zayd oq masjidi, dunyodagi eng tez attraksionlarga ega Ferrari World parki, betakror Saadiyat va Yas orollari joylashgan.


Asialuxe Travel milliy turoperatori sayyohlarning faqat chet eldagi emas balki parvoz paytidagi maksimal xavfsizligi, qulayligi va komforti tarafdori. Ayni damda turoperator Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishida o‘z sayyohlari va hamkorlarini Uzbekistan Airways qanotlaridagi kafolatlangan blok-joylar bilan ta’minlaydi.


To‘xtash mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxati:

  • uch yulduzli Rove Dubai Marina;
  • tort yulduzli Millenium Place Marina;
  • besh yulduzli Stella Di Mare;
  • besh yulduzli Rixos The Palm;
  • besh yulduzli Rixos Marina Abu Dhabi;
  • besh yulduzli Raffles The Palm;
  • besh yulduzli Address Beach Resort.

Narxlar, parvoz va yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotni sayt yoki (+998) 71−201−77−77 telefon orqali olishingiz mumkin. Shuningdek, Asialuxe Travel mahsulotlari O‘zbekistonning barcha turagentliklarida mavjud. Yanada ko‘proq qulaylik va tur paketlarga oldindan buyurtma berish uchun Asialuxe Travel mobil ilovasini (Google Play va AppStore orqali) yuklab olish tavsiya qilinadi.

Sayt: asialuxe.uz
Telegram: t.me/asialuxe
Telegram-guruh: t.me/my_asialuxe
Telegram`dagi qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Telegra`dagi qaynoq turlar o‘zbek tilida: t.me/asialuxe_qaynoqtur
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel

Reklama.