Rishi Sunak Britaniyaning 57-bosh vaziri etib tayinlandi. Seshanba kuni uni Londondagi Bukingem saroyida qirol Charlz III qabul qildi va undan yangi hukumat tuzishni so‘radi, deb yozdi qirollik oilasi Twitter`da.

Rishi Sunak bu yil hisobidan Britaniya hukumatining uchinchi rahbari va so‘nggi ikki asrdagi eng yosh (42) bosh vazirga aylandi.

BBC tomonidan efirga uzatilgan birinchi nutqida Sunak mamlakat chuqur iqtisodiy inqirozni boshidan kechirayotganini ta’kidladi.

U 45 kun lavozimda bo‘lgan avvalgi bosh vazir Liz Trass vaziyatni yaxshilashga harakat qilganini, lekin xatolarga yo‘l qo‘yganini ta’kidladi.

Sunakning aytishicha, avvalgi vazirlar mahkamasining xatolarini tuzatish uchun Konservativ partiya rahbari va bosh vazir etib saylangan. «Bu ishni tezda boshlaymiz», — dedi u.