Qirg‘izistonda Kampir-obod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 20 nafar faol qamaldi

Bishkek sudi Kampir-Obod suv ombori hududining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 20 nafarga yaqin siyosatchi va faolni qariyb ikki oy muddatga hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qirg‘iziston Ombudsmani ommaviy hibslar yuzasidan xavotir bildirdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 24/7 rejimida ishlashga o‘tadi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Milliy kutubxona «yaqin vaqt ichida» sutkasiga 24 soat ishlay boshlashini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa bunday va’dalar avval ham berilganini eslatdi.

Metrodagi tekshiruv vaqtida sumkasida bomba borligini aytgan qiz 5 sutkaga qamaldi

Toshkent metrosining «Alisher Navoiy» bekatida IIO xodimlariga sumkasini tekshirtirayotgan 19 yoshli qiz uning ichida bomba borligini aytgan. Sumkani ko‘zdan kechirish chog‘ida undan portlovchi moslama topilmagan. Sud yolg‘on ma’lumot bergani uchun qizga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Prezident bir qator ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir qator IIO xodimlari orden va medallar bilan mukofotlandi.

Prezident — IIOni «insonparvar va xalqchil tizim»ga aylantirish haqida

Prezident ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan soha vakillarini tabriklab, barcha jabhalar qatori IIO faoliyatini liberallashtirish, sohada ochiqlik va oshkoralik muhitini kuchaytirish, «insonparvar va xalqchil tizimga» aylantirish maqsadida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Uchtepa tuman kengashi deputati unga «siyosiy bosim» va «podpolkovnik»ning qo‘ng‘iroqlari bo‘layotganini ma’lum qildi

Toshkent shahar Uchtepa tumani kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov o‘zini «IIO podpolkovnigi» deb tanishtirgan odam uni organ binosiga chaqirayotganini ma’lum qildi. U buni «siyosiy buyurtma va deputatlik faoliyatiga bosim» deb atadi.

Bozorlarda kontrafakt xamirturushlar ko‘paygan — Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi monitoringi davomida, savdo nuqtalarining 85 foizi soxta xamirturushlar sotishi aniqlandi. Agentlik ta’kidlashicha, bunday mahsulot odamlar salomatligiga xavfli hisoblanadi.

2023 yilda Qashqadaryoda 207 mingta ish o‘rni tashkil etish vazifasi qo‘yildi

Prezident videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo viloyatida 2023 yilda 207 mingta ish o‘rni yaratish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkinligi aytildi.

Andijon va Gurlan tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Andijon viloyatining Andijon tumaniga Baxtiyor Mamatkarimov hokim etib tayinlandi. Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga esa Umrbek Jumaniyazov hokim bo‘ldi.

Ishonchsizlik votumi, hokim qarorlarini bekor qilish va maosh: Kengashlarning vakolatlari qanday kengaytiriladi?

Mahalliy kengash deputatlarining vakolat va imkoniyatlarini kengaytirish taklif etilyapti. Xususan, ular hokim lavozimiga nomzodlarni ilgari surishlari, unga ishonchsizlik bildirishlari, noqonuniy qarorlar va saylovchilar tashabbuslari bilan deputat mandatini bekor qilishlari mumkin bo‘ladi.

Uzbekistan Airways qishki jadvalga o‘tadi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qishki jadvalga o‘tmoqda. Mavsumda Malayziya va Tailandga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Shuningdek, Farg‘onadan Dubayga qatnovlar amalga oshiriladi, Toshkentdan Sharjaga parvozlar haftasiga uch martaga ko‘paytiriladi.

Nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalar 2 mlndan oshdi, biroq ularning ayrimlari ehtiyojmand emas — moliya vaziri

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov ehtiyojmand oilalar soni oxirgi 3 yilda 600 mingdan 2 mlngacha ortganini ma’lum qildi. Amaliyotda ularning ayrimlari ehtiyojmand emas, yoki aksincha, ehtiyojmand oilalarni qamrab olish yetarli bo‘lmayapti, dedi u.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«O‘zbekcha gapirish». Onlayn kurslarda o‘zbek tili qanday o‘rgatilmoqda?

Maktabda o‘n yillik o‘zbek tili ta’limi ko‘plab rusiyzabonlarga davlat tilida gaplashishni o‘rgatmadi. Tilni o‘rganishni bugun xususiy onlayn kurslar taklif etmoqda. «Gazeta.uz» uchta shunday maktab ta’sischilaridan darslarni yo‘lga qo‘yish g‘oyasi, qiyinchiliklar va o‘quvchilarning talablari haqida so‘radi.

«Imloviy dangasalik» yoxud o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerak edi?

«Jamiyatimizning ba’zi vakillarida bugungi kunda ham eskirgan kirillni saqlab qolish hissining mavjudligini ulardagi ona tili tushunchasidagi imloviy bo‘shlig‘i bilan izohlash mumkin», degandi Mehroj Usmonov. U ushbu maqolada o‘zbek tilining haqiqiy alifbosi qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritadi.

«Hech kim eshitishni xohlamadi». Gazdan uzilgan issiqxonachilar Vazirlar Mahkamasi binosi oldida to‘plandi

Seshanba kuni issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plandi. «Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, turli hududlaridan kelgan o‘nlab tadbirkorlar dastlab prezident Administratsiya rahbari bilan ko‘rishishga uringan, biroq ular Vazirlar Mahkamasiga yo‘naltirilgan.

«Biz mamlakatlarga shaharning barqaror taraqqiyoti g‘oyasini tushunishda yordam berishga tayyormiz». Rim — Expo 2030 qanday bo‘lishi mumkin?

Yer yuzida yashash uchun qulay sharoitni saqlab qolish, iqtisodiyotning o‘sishi faqat shaharlarning barqaror rivojlanishi natijasida bo‘lishi mumkin. Expo 2030 ko‘rgazmasini Rimda o‘tkazish taklifi bo‘yicha maxsus elchi Romeo Orlandi «Gazeta.uz» ga barqaror shahar nima ekanligini haqida so‘zlab berdi.