Trilliant — xalqaro standartlar asosida qurilgan O‘zbekistondagi A+ toifali biznes-parki hisoblanadi. Chidamliligi, ekologik tozaligi va estetikasi tufayli u biznes olamining yulduziga aylanadi. Loyiha dunyodagi yirik arxitektura kompaniyalaridan biri bo‘lgan, Singapurda joylashgan DP Architect tomonidan yaratilgan. Biznes-park Toshkent markazidagi o‘ziga xos joylashuvi, zamonaviy va ilg‘or arxitektura xususiyatlari bilan hashamatli ofis tushunchasini yangi bosqichga olib chiqadi.

O‘zbekistonning rivojlanayotgan iqtisodiyotining yangi ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan — Trilliant mehmondo‘stlik, muvaffaqiyat va barqarorlik kabi zamonaviy va an’anaviy qadriyatlardan ilhomlangan.

Universal foydalanish modeli — ofislar, do‘konlar, mehmonxona, restoranlar, sport va dam olish joylari ofis loyihasidan yuqori darajadagi biznes markazlaridan biriga aylantiradi. Biznes-park 14 va 17 qavatli ikkita ofis minorasi, 17 qavatli mehmonxona minorasi, anjumanlar markazi va tashqi savdo pavilonlardan tashkil topgan. Trilliant o‘ziga xos me’moriy xususiyatlari bilan O‘zbekistondagi birinchilardan bo‘lgan A+ biznes-park loyihalaridan biriga aylanishga hozirlik ko‘rmoqda.

Ish samaradorligi va motivatsiya uchun yaratilgan biznes-park

O‘zbekiston biznes olamining kelajakdagi ehtiyojlarini ko‘zlagan holda ishlab chiqilgan loyiha ofis uchun barcha xalqaro talablarni hisobga olgan holda qurilmoqda.

Samaradorlik va motivatsiyaga yo‘naltirilgan arxitektura kunduzgi yorug‘likni maksimal darajada oladi, derazalar avtomatik ravishta ochiladi, 4,38 m balandlikdagi shiftlar, 1,5 soniyali lift — shu va boshqa ko‘plab innovatsion xususiyatlar bilan biznes-park yuqori sifatli materiallar va muvaffaqiyatli tajriba orqali haqiqiy hashamatni namoyish etadi.


Trilliant barqarorlik sohasidagi yuqori xalqaro akkreditatsiyalardan biri bo‘lgan LEED Gold talablarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Biznes-park O‘zbekistonda LEED Gold sertifikati bilan tasdiqlangan birinchilardan biri bo‘lishga nomzodlik qilmoqda.

Trilliant o‘zining kam energiya iste’moli, barqaror landshaft maydoni, avtomobillarni quvvatlash stansiyalari, chiqindilarni boshqarish tizimlari va aqlli ventilyatsiya texnologiyasi bilan tabiiy resurslardan samarali foydalanadi va shu bilan birga o‘z xarajatlarini kamaytiradi.

Yuqori investitsiya va foydali loyiha

Trilliant O‘zbekiston biznes olamida yangi me’yorlarni o‘rnatadi va standartlarni oshiradi. Loyiha, birinchi navbatda, investitsiya orqali keladigan daromadi jihatidan e’tiborni tortadi. Shaharning yangi timsollaridan biri bo‘lgan Trilliant bardoshli va ko‘p funksional arxitekturasi talab darajasini oshiradi va investitsiyalarning qaytarilishini tezlashtiradi.


Dunyodagi yirik mehmonxonalar tarmog‘idan biri bo‘lgan InterContinental Hotels Toshkentdagi yangi mehmonxonasi uchun Trilliant tanlagani ushbu loyiha qiymatini yanada oshiradi, JLL, TSP va Securitas xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlik esa loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshiradi.

Sotish va ijaraga berish jarayoni davom etayotgan ushbu loyihada 345 ta ofis va 34 ta tijorat obyektlari mavjud. O‘zbekiston biznes olamining yulduzi va o‘zining barcha imkoniyatlari bilan jahon savdosining bog‘lovchi yo‘lagiga aylanadigan Trilliant 2022 yil dekabr oyida biznes dunyosidagi shaxslar va Toshkentda istiqomat qiluvchi barcha odamlar uchun o‘z eshiklarini ochadi.

Batafsil ma’lumotni quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin: (+998) 71−205−59−95.

E-mail: info@trillianttashkent.uz
Facebook: fb.com/trilliant.uz
Instagram: @trilliant.uz
Telegram: t.me/trilliant_uzb

Reklama huquqlari asosida.