Buyuk Britaniya Vakillar palatasi rahbari Penni Mordaunt saylovdan o‘z nomzodini qaytarib olishini e’lon qildi. Natijada mamlakat Konservativ partiyasining yangi rahbari sifatida rasman e’lon qilingan sobiq moliya vaziri Rishi Sunak ertaga Britaniyaning yangi bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi mumkin.

«Biz navbatdagi bosh vazirni tanladik. Bu qaror tarixiy bo‘lib, partiyamizning rang-barangligi va iste’dodidan yana bir bor dalolat beradi. Rishi meni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi konservativ hukumat britaniyaliklar manfaati yo‘lida hamkorlik qilish uchun yangi bosh vazir atrofida birlashishi kerak», — dedi Penni Mordont o‘zining Tvitterdagi sahifasida.

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ham poygada edi, biroq u bir necha kun avval o‘z nomzodini qaytarib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini tark etgan, u atigi 45 kun ishladi va mamlakat tarixida eng qisqa muddat faoliyat ko‘rsatgan bosh vazir bo‘ldi edi.