23 oktabr kuni soat 17:03 da My Freighter mahalliy yuk tashuvchi aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Uzbekistan airports matbuot xizmatining xabar berishicha, samolyot an’anaviy ravishda suv arkasi bilan kutib olindi.

Jumbo Jet nomi bilan tanilgan va 105 tonna sig‘imga ega Boeing-747 My Freighter kompaniyasining birinchi xususiy yuk samolyoti bo‘ldi.

2019 yilda tashkil etilgan kompaniya shu paytgacha UzAirways kompaniyasidan ijaraga olingan samolyotlarda yuk reyslarini amalga oshirib kelgan.

Keltirilishicha, yaqin kelajakda My Freighter yana beshta Boeing-747 yuk samolyotini sotib oladi, shuningdek, yaqin besh yil ichida esa parkni 20 ta yuk samolyotigacha yetkazadi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda kompaniya yuk reyslari soni 410 taga yetdi. My Freighter Xitoyning o‘nta yirik shahrida o‘z omborlariga ega, yuk yig‘ish punktlari Chexiya, Lyuksemburg, Germaniya, Fransiya, Italiya va Niderlandiyada, shuningdek, BAAda, Janubiy Koreyada, Rossiya, Braziliya va Vetnamda joylashgan.



«Aviachayxana» telegram-kanalida yozilishicha, kelgan mazkur samolyot 1985 yil 20 fevralda General Electric GE CF6−50E2 to‘rt dvigatelli Boeing 747−281 °F yuk versiyasidir. 37 yillik xizmat davomida samolyot bir nechta ekspluatatorlarlarni almashtirishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘z xizmatini Yaponiyada boshlagan, keyinchalik AQSh, Rossiya, Gruziya, Armaniston, Moldova va nihoyat O‘zbekistonga yetib keldi. «Tegishli texnik xizmat ko‘rsatish va yillar — samolyot uchun ko‘rsatkich emas», deb ta’kidlagan kanal.