Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi, deya xabar bermoqda Xalq ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Vazirlikka ko‘ra, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari Vazirlar Mahkamasining umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga asosan belgilanadi.