Wildlife Photographer of the Year (Yovvoyi tabiatni suratga olish bo‘yicha yil fotografi) xalqaro tanlovi tashkilotchilari 2022 yil g‘oliblarini e’lon qildi. Hakamlar hay’ati dunyoning 93 davlatidan jami 38 mingdan ortiq fotosuratlarni ko‘rib chiqdi va ular orasidan eng yaxshi asarlarni tanlab oldi. G‘olib bo‘lgan suratlar Londondagi Tabiiy tarix muzeyida namoyish etiladi va g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

G‘oliblar

Yil fotografi

Foto: Karine Aigner

Suratda — urg‘ochi asalari uchun kurashayotgan erkak «kaktus» asalarilarini (Diadasia) ko‘rish mumkin. Suratni amerikalik Karin Aygner olgan bo‘lib, u tanlovning 58 yillik tarixi davomida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan beshinchi ayol bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi yosh fotografi

Foto: Katanyou Wuttichaitanakorn

15−17 yoshli fotograflar uchun bo‘lgan tanlovda tailandlik muallif g‘olib bo‘ldi. U kitlarning keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lgan Braydning — mo‘ylovlarini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Suratdagi kulrang «jun» aslida mo‘ylov bo‘lib, u ushbu kit oziqlanadigan mayda baliq va qisqichbaqasimonlarni filtrlash uchun xizmat qiladi.

Yosh fotograflar (11 yoshdan 14 yoshgacha)

Foto: Ismael Domínguez Gutiérrez

Tumanli o‘rmondan o‘tib ketayotib, muallif qurigan daraxt ustida o‘tirgan suvqiyg‘irni ko‘rib qoladi — qush tuman tarqalishini va ov qilish imkoni paydo bo‘lishini kutmoqda.

Yosh fotograflar (10 yoshgacha)

Foto: Ekaterina Bee

Oilasi bilan bir kunlik sayohatga chiqqan qiz noodatiy kurashni payqab qoladi. Ikki tog‘ echkisi shoxlari bilan to‘qnashib, huddi ringdagi bokschilardek orqa oyoqlarida turib zarba almashishda davom etmoqda.

Tabiat san’ati

Foto: Junji Takasago

Surat Boliviyadagi qurib qolgan sho‘r ko‘l — Salar de Uyunida olingan. Ushbu ko‘lni «osmondagi ko‘zgu» deb ham atashadi.

Yovvoyi tabiat shaharda

Foto: Dmitry Kokh

Suratni rossiyalik fotosuratchi Dmitriy Kox Kolyuchinskaya ko‘rfazi bo‘ylab qayiqda sayohat qilayotgan paytida olgan. Sohilda u tashlandiq aholi punktidagi uyni ko‘zdan kechirayotgan oq ayiqlarni ko‘rib qoladi. Dron yordamida Dmitriy bir necha bor suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Jonzotlar portretlari


Foto: José Juan Hernández Martinez

Suratda ko‘rib turganingiz yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan kamyob qush — Kanariya tuvaloq qushi. Qushlarning raqsini suratga olish uchun fotograf har yili qushlar o‘z juftini topish uchun raqs uyushtiradigan joy yaqiniga tunda kelib yashiringan.

Yashash joyidagi jonzotlar

Foto: Daniel Mideros

Tabiat va sivilizatsiya chegarasida turgan ko‘zoynakli ayiqning surati Ekvador poytaxti Kitodan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda olingan.

Amfibiyalar va reptiliyalar

Foto: Fernando Constantino Martínez Belmar

Surat Meksikadagi «Osilgan ilonlar g‘orida» olingan. Joyning nomi suratni tasvirlashga yordam beradi: bu yerda kechqurun toshlar orasidagi yoriqlardan chiqib, havodagi ko‘rshapalaklarni ushlaydigan ilonlar yashaydi.

Okeanlar: global kartina

Foto: Richard Robinson

Fotograf kamerali kran yordamida asta-sekin uning qayig‘iga yaqinlashayotgan kitlarni tasvirga olgan. Fotografga omad kulib boqqan: u suv ostidagi qorong‘ulikda juftlashayotgan kitlarni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Suv osti dunyosi

Foto: Tony Wu

Fotograf ulkan dengiz yulduzining ehtirosli raqsini suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Suv omborlari: global kartina

Foto: Daniel Núñez

Fotograf dron yordamida tirik o‘rmon va suv o‘tlari o‘sib ketgan Amatitlan ko‘li o‘rtasidagi kontrastni ko‘rsata olgan. Bunday holat kuzatilishini sababi — har yili bu yerga Gvatemala shahridan 75 ming tonna chiqindi to‘kiladi.

Sutemizuvchilar

Foto: Anand Nambiar

Muallif Himoloy echkilarini ovlayotgan qor barsini noodatiy rakursdan ushlay olgan.

O‘simliklar va qo‘ziqorinlar

Foto: Agorastos Papatsanis

Muallif ertaknamo muhit yaratish uchun keng burchakli obyektivdan foydalangan. Tasvirning markazida yiliga bor-yo‘g‘i bir necha kun gullab turadigan qo‘ziqorin turibdi.

Portfolio

Foto: Laurent Ballesta

Sharqiy Antarktida yaqinidagi muzdan 32 metr pastda, Adeli Yeri yaqinidagi dengiz tubida dengiz umurtqasizlarining «tirik piradmidasi» tasviri. Muallif Loran Balesta noldan past haroratdagi suvga sho‘ng‘ib, muz ostidagi hayotning xilma-xilligini kashf etmoqda.

Fotojurnalistika


Foto: Brent Stirton

Mashhur fotojurnalist Brent Stirton suratida — tog‘ gorillasi Ndakasi hayotining so‘nggi daqiqalari tasvirlangan. U ikki oyligida Virunga milliy bog‘ida (Kongo Demokratik Respublikasi) guruhi ko‘mir mafiyasi tomonidan yo‘q qilingandan keyin qutqarib olingan. Ndakasi o‘zining qutqaruvchisi va qo‘riqchisi Andre Baumaning qo‘lida.

Fototanlovda ishtirok etgan boshqa suratlar

Foto: Adam Rice

Foto: Clay Bolt

Foto: Alex Badyaev

Foto: Rajan Desai


Foto: Adam Rice

Foto: Samuel Sloss

Foto: Srikanth Mannepuri

Foto: Suzi Eszterhas

Foto: Tiina Törmänen