Xukumatning 14 oktabrdagi [599-sonli] qaroriga muvofiq Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida Paraolimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti tashkil etildi.

Qaror bilan ushbu institut ilmiy-ta’lim muassasa sifatida tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Institut parasport bo‘yicha mutaxassislar, trenerlar, yo‘riqchi-uslubchilar malakasini oshirish, ularni xorijda o‘qitish va chet ellik mutaxassislar tajribasini o‘rganish va boshqa tegishli faoliyat turlarini amalga oshiradi.

Parasport bo‘yicha mutaxassislar «El-yurt umidi» jamg‘armasi yordamida xorijga malaka oshirish uchun jo‘natiladi.

Muassasani saqlash harajatlari 2022 yilda respublika budjeti mablag‘lari doirasida, 2023 yildan davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Institut vaqtinchalik Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi 126-uy binosida faoliyat ko‘rsatadi.