Qashqadaryoda Lacetti (Gentra) haydovchisi boshqaruvni yuqotib, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

14 oktabr kuni soat 14:00 larda haydovchi E.X. Gentra avtotransport vositasida davlat ahamiyatdagi 4R-79 Qarshi — Chim — Chiroqchi — Shahrisabz avtomobil yo‘lining 25 kilometri — G‘uzor tumani Qovchin qishlog‘i hududida harakatlanib kelayotib, boshqaruvni yuqotish natijasida yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, YTH sodir etgan.

Oqibatda Gentra avtotransport vositasi haydovchisi E.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, yo‘lovchi sifatida ketayotgan X.E. esa shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.