9 oktabr soat 01:00 larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 2 nafar voyaga yetmagan qarindoshlar Nexia avtomashinasini boshqarib Yosh G‘ayrat mahallasida hududida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Surxondaryo YHXB xabar qildi.

Oqibatda yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryoda yil boshidan beri 265 ta YTH sodir etilgan. Unda 205 nafar shaxs jarohatlangan, 99 nafari esa vafot etgan. Taqqoslash uchun, Toshkent shahrida ushbu davrda 756 YTH sodir bo‘lgan, unda 905 nafar odam jabrlangan, 98 nafari vafot etgan.

Yuqoridagi statistikalarga ko‘ra, Toshkentda o‘rtacha har 7,7 ta YTHda bir kishi vafot etgan, bu ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida 2,6 taga teng.