Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi.

15 oktabr, shanba kuni beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yog‘ir yog‘adi.

Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o‘rtacha me’yoriy qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi va +26…+29 darajani tashkil etadi.

16 oktabr, yakshanba kuni shimolda va cho‘l hududlarning ba’zi joylarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.