17 oktabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18−19 oktabrda respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu xaqda O‘zgidromet bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Havo harorati +8…+10 darajaga pasayishi kutilmoqda.

17−19 oktabrda havo harorati kechalari +3…+8 darajagacha iliq, respublika shimolida ba’zi joylarda 0…-2 daraja sovuq, kunduz kunlari +15…+20 darajagacha ko‘tariladi.

Shu kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

17−18 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.