Vazirlar Mahkamasining 20 apreldagi [203-sonli] qaroriga muvofiq yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida nogironligi mavjud fuqarolarga ish beruvchilar uchun subsidiya ajratish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Ish beruvchi korxona egalarining arizalari 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi. budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Qonunchilik hujjatiga muvofiq, ishga qabul qilgan ish beruvchilar har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishlari mumkun bo‘ladi.

Bandlikka ko‘maklashish markazi ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatan ishlayotganligini monitoring qilib boradi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil statistikasi bo‘yicha respublika kesimida imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 12 146 tani tashkil etadi. Eng ko‘p ko‘rsatkich Andijon (1692) va Surxondaryo (1257) viloyatlarida qayd etilgan.