2022 yilning 9 oyi mobaynida «103» xizmatiga jami 9 mln 662 ming 689 ta chaqiriq kelib tushdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu haqda ma’lumot berdi.

Respublika tez tibbiy yordam markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yuldashevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha har ming nafar aholiga o‘rtacha 271 ta murojaat to‘g‘ri kelmoqda. Shundan 908 ming 592 nafar bemor shifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Eng ko‘p murojaatlar:

  • Farg‘ona viloyatida 1 mln 123 ming 698 ta (11,6%);
  • Andijon viloyatida 1 mln 39 ming 160 ta (10,75%);
  • Toshkent viloyatida 943 ming 865 ta (9,77%);
  • Toshkent shahrida 939 ming 144 ta (9,72%);
  • Namangan viloyatida 906 ming 52 ta (9,38 foiz) qayd etilgan.

O‘tgan yilning yanvar-sentabr oylarida aholidan tez tibbiy yordamga jami 9 mln 233 ming 973 ta chaqiriq kelib tushgandi (428,7 ming nafar kam).