O‘zgidromet qish mavsumi uchun kutilayotgan dastlabki prognozlarni e’lon qildi

Qish mavsumida harorat −10 darajagacha sovuq, shimolda esa −20 darajagacha pasayishi ehtimoldan holi emas, bu qish oylari uchun iqlim me’yoridan 5−8 darajaga past, deb hisoblaydi sinoptiklar. Yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan umumiy baholash aniqligi yuqori emas, deyiladi O‘zgidrometda.

UzAirways Farg‘ona — Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

UzAirways Farg‘ona va Dubay o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Shuningdek, aviakompaniya Toshkentdan Sharjaga reyslarni ko‘paytirmoqda.

Mahallalarning o‘z budjeti va soliq undirish huquqi bo‘ladi

2023 yildan har bir mahalla o‘z muammolarini mustaqil hal etishi uchun «mahalla budjeti» tizimini joriy etiladi. Har bir viloyatning soliq undirilishi past bo‘lgan bittadan tumanida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi.

2023 yildan «Tashabbusli budjet» loyihalari uchun 8 trln so‘m mablag‘ ajratiladi

Prezident 2023 yildan mahallalardagi infratuzilma uchun mablag‘lar faqatgina «Tashabbusli budjet» orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilishini aytdi. «Bunda „Tashabbusli budjet“ loyihalari uchun mablag‘lar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trln so‘mga yetkaziladi», — dedi u.

Qashqadaryoda fuqaro qalbaki dollarlarga Cobalt sotib olmoqchi bo‘ldi

Qashqadaryoning Shahrisabz tumanida qalbaki 13 400 AQSh dollariga avtomashina xarid qilmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shartnomasiz ijarada yashovchi 1-kurs talabalariga ikki oylik to‘lovning bir qismi to‘lab beriladi

sentabr va oktabr oyida shartnomasiz ijarada yashovchi 1-kurs talabalariga ikki oylik to‘lovning bir qismi to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa to‘lovlar faqat ijara shartnomasini taqdim etgan talabalar uchun davom ettiriladi.

Poytaxtda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘m — DSQ

Davlat soliq qo‘mitasi statistikaga ko‘ra, 1 oktabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan. Ma’lumotlar tahlili Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qilishini ko‘rsatdi.

HUMO kartalaridan yo‘lkira uchun to‘lov ketma-ket 2−3 martadan yechib olinayotgani aytilmoqda

Jamoat transporti uchun Humo kartasidan to‘lov qilinganda yana bir necha bor pul yechib olinmoqda. ATTO rahbari Davron Shoyakubovning aytishicha, bu bankning tranzaksiyalarga o‘z vaqtida javob bermayotgani va tizim qayta so‘rov yuborishi oqibatida yuz beryapti. Fuqarolar kartasidan ortiqcha yechilgan pullar qaytariladi.

Samarqandda kanaldan 18 yoshli qizning jasadi topildi

Samarqandda bir oy avval zo‘rlangani xaqida ariza yozgan qizning jasadi kanaldan topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura 18 yoshli qizning murdasi topilganini tasdiqlab, holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanganini ma’lum qildi.

Yanvar-sentabr oylarida 9,6 mln nafar kishi «Tez yordam» chaqirgan

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanavar-sentabr oylarida jami 9 mln 662 ming nafardan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatidan kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davridan ko‘p (9,2 mln nafar).

12 oktabr uchun tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi

Markaziy bank 12 oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 084,06 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Nukus shahri va bir qator tumanlarda maktab o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash boshlandi

11 oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh, Xo‘jayli, Qonliko‘l va Amudaryo tumanlari hamda Nukus shahridagi jami 98 ta umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini budjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash ishlari boshlandi.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi, 3 mingdan ortig‘i ogohlantirildi. FVV, Madaniyat vazirligi va qator viloyat hokimliklarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlariga jazo choralari qo‘llanildi.

Prezident ko‘chat ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik»ni e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev yil yakunigacha 75 mln dona, 2023 yil bahor oylarida yana 125 mln dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish bo‘yicha topshiriq berdi. Daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» e’lon qilindi. «Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim», — dedi prezident.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Bunday go‘zallikni o‘ldirish mumkin emas». Yo‘ldosh mavzesi aholisi — yog‘och uylarning buzilishi va daraxtlarni saqlab qolish haqida

Yangihayot tumani Yo‘ldosh mavzesida avariya holatidagi yog‘och uylarda 15 mingdan ziyod aholi yashaydi. 5000 ta ulkan chinor va eman daraxtlari tufayli ularni ko‘chirish kechikmoqda. Hokimlik muammoni qanday hal qilishni rejalashtirayotgani va aholining bu yerdagi hayot haqidagi fikrlari — «Gazeta.uz» reportajida.

«O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir»

Erkin A’zam 26 yil avval «ustuvor», «boqimonda», «lutfan», «qadamranjida», «tashrif buyurdi» kabi «g‘alati mashhur» iboralarni tanqid qilib, ular aslida boshqa ma’noni anglatishini ta’kidlagandi. Yillarga cho‘zilgan harakatsizlik sabab yot so‘zlar hali ham suhbat-muloqotlarimizda hukmron.