O‘zgidromet haftalik ob-havo prognozlarini ma’lum qildi.

Dushanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol 15−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +23…+25 darajadan oshmaydi.

Keyingi kunlarda, ish haftasining oxirigacha antitsiklon periferiyasi kuchsizlanishi kutilmoqda.

Respublika qulay, quruq va iliq ob-havo sharoitida bo‘ladi. Kechalari havo +7…+10 daraja atrofida salqin, kunduz kunlari esa +25…+28 darajagacha asta-sekin isiydi, bu o‘rtacha iqlimiy me’yorlardan biroz yuqoridir.