O‘zbekiston terma jamoasi amputantlar o‘rtasida Jahon kubogida uchinchi o‘rinni egalladi. 9 oktabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan turnirning bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda o‘zbekistonliklar Gaiti terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etishdi.

Milliy terma jamoa safida gollarga Qudrat Xudoyqulov (14-daqiqa) va xet-tirik qayd etgan Aziz Abdurahmonov (17, 48, 49) mualliflik qilishdi (gollar videosi).

O‘zbekiston «E» guruhidan Polsha (3:1), Ispaniya (3:0) jamoalarini mag‘lub etib, Tanzaniyaga (0:2) imkoniyatni boy berib, birinchi o‘ringa chiqdi. Terma jamoa 1/8 finalda Kolumbiyani (4:1), chorak finalda Italiyani (5:1) mag‘lub etgan bo‘lsa-da, yarim finalda bo‘lajak Kubok chempioni — Turkiyaga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Umuman olganda, jahon chempionati tarixida terma jamoa yettita medalni: uchta oltin (2007, 2010, 2012), bitta kumush (1998) va uchta bronza (1991, 2002, 2022) qo‘lga kiritdi.

1984−2022 yillar uchun mamlakatlarning medallar reytingi.

Terma jamoa 10 oktabr kuni soat 19:00da O‘zbekistonga qaytadi.

FOTO