Yevropa Ittifoqi kengashi prezidenti Sharl Mishel Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyuradi. U O‘zbekiston va Qozog‘istonga bo‘lajak tashriflari haqida Twitter-sahifasida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan u 26−27 oktabr kunlari Ostonada bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etadi.

28 oktabr kuni Yevropa kengashi rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Toshkentga keladi.

«Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan aloqalarni chuqurlashtirishga va mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor», — deb yozadi u.

Шавкат Mirziyoyev va Sharl Mishel oxirgi marta 4 iyul kuni Qoraqalpog‘istondagi fojiali voqealar fonida telefon orqali muloqot qilgan edi.