Xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida 2022 yil 7−18 oktabr kunlari Germaniyaning Lernidee Erlebnisreisen turistik kompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamkorligida Olmaota — Toshkent — Qamashi — Kitob — Samarqand — Xiva — Buxoro — Xo‘jand — Toshkent yo‘nalishida bu yil ikkinchi marta Orient Silk Road Express nomli turistik charter poyezdi harakatlanadi.


«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning ma’lum qilishicha, turistik charter poyezdi Yevropa Ittifoqi va boshqa bir necha davlatlar: Fransiya, Gollandiya, Belgiya, AQSh, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Kanada sayohatchilariga xizmat ko‘rsatadi.