7 oktabr kuni afsonaviy o‘zbek rok-pop qo‘shiqchisi Davron G‘oipov 7 oktabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Buni «Gazeta.uz»ning bir qancha manbalari tasdiqladi. Shuningdek, bu haqda suxandon va xonanda Tolibjon Isroilov ham o‘zining Instagram`dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Mamlakat yana bir afsonasidan ayrildi. Bugun o‘z tug‘ilgan kunida rok-pop yulduzi Davron G‘oipov olamdan o‘tdi. 61 yosh, biroz vaqtli edida. Alloh bilguvchi! Hozirgina jiyani bilan gaplashdim, janoza va dafn Xorazmda bo‘lar ekan», — deb yozadi Tolibjon Isroilov.

Davron G‘oipov 1961 yilning 7 oktabrida Urganch shahrida tug‘ilgan. 17 yoshidan gitarada qo‘shiq ijro etishni boshlagan. 1980 yilgacha «Yalla» guruhida gitarist sifatida ijod qilgan. 1981 yilda «Original» guruhiga asos solgan va tez orada mashhurlikka erishgan. U «Kerak emas shahlo ko‘zlaring», «Qaydasan», «Bu nima bu?», «Shoshmagin», «Otkritoye okno» singari yuzlab hit qo‘shiqlar yaratgan. 1984−1989 yillarda Rossiyaning Irkutsk viloyatida yashagan. 1990 yilda ijodga qaytib, «Bu nima bu?» nomli musiqiy filmda suratga tushgan. U o‘zbek qo‘shiqchiligining rok-pop yo‘lanishi rivojiga katta hissa qo‘shgan.

Davron G‘oipovning ijod namunalari: