Payshanba kuni Tailandning Nong Bua Lampxu provinsiyasida sobiq politsiyachining bolalar markaziga uyushtirgan hujumi oqibatida 38 kishi, jumladan 22 bola halok bo‘ldi, deb xabar berdi BBC.

Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, hujumchi 34 yoshli Panya Kamrab bo‘lib, o‘tgan yili u giyohvand moddalar iste’mol qilgani uchun politsiyadan haydalgan.

Tailand matbuotiga ko‘ra, Kamrab ov miltig‘i, to‘pponcha va pichoq bilan qurollangan. Shuningdek, u o‘z mashinasini o‘tkinchilar guruhiga ustiga bostirib yuborgani ham ma’lum qilingan.

Tailand Markaziy Tergov Byurosining (CIB) xabar berishicha, hujumdan keyin erkak o‘z joniga qasd qilgan, shuningdek, xotini va bolasini otib o‘ldirgan.

Politsiya vakilining jurnalistlarga aytishicha, Kamrab bir kun avval narkotik ishi bo‘yicha sud majlisida qatnashgan.