Stokgolmda joylashgan shved Qirollik Fanlar akademiyasi adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini 88 yoshli fransuz yozuvchisi Anni Erno topshirdi.

Yozuvchi mukofotga o‘zining «shaxsiy xotiraning jamoaviy cheklanishi va begonalashuvining chuqur ildizlarini ochib berishdagi jasorati va o‘tkir zehni» uchun loyiq deb topildi.

BBC nashrining xabar berishicha, joriy yilda favoritlar ro‘yxati biroz o‘zgargan, jumladan fransiyalik yozuvchilar Mishel Uelbek va Mariz Konde, yaponiyalik Xaruki Murakami, shoira Enn Karson va kanadalik yozuvchi Margaret Etvud.

Bu yil yana ko‘p yillik ikki nomzodlarga — hujumga uchragan (asli hindistonlik) britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdi va Ukrainadagi urushga qarshi chiqqan rus yozuvchisi Lyudmila Ulitskayaga sezilarli darajada ko‘proq e’tibor qaratildi.

Naked science nashrining xabariga ko‘ra, shvetsiyalik olim va ixtirochi Alfred Nobelning xohishiga ko‘ra, mukofot ushbu sohada «idealistik yo‘nalishdagi eng ajoyib asar» yaratgan kishiga berilishi kerak. Laureat Shvetsiya akademiyasining 18 a’zosi tomonidan tanlanadi.

1901 yildan 2021 yilga qadar adabiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofotini 118 nafar nomzodlar olgan bo‘lib, ular qatorida Moris Meterlink, Romen Rollan, Knut Gamsun, Anatol Frans, Bernard Shou, Tomas Mann, Ivan Bunin, German Gesse, Uilyam Folkner, Ernest Xeminguey, Alber Kamyu, Boris Pasternak, Djon Steynbek, Jan-Pol Sartr, Mixail Sholoxov, Aleksandr Soljenitsыn, Gabriel Garsia Markes, Uilyam Golding, Iosif Brodskiy, Gyunter Grass, Doris Lessing mavjud.

Eng yosh laureat britaniyalik yozuvchi Rudyard Kipling (1907 yilda mukofotni olish paytida u 41 yoshda edi), eng yoshi kattasi esa Doris Lessing bo‘lib, u 2007 yilda 88 yoshida mukofotga sazovor bo‘lgan.