O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 7 oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammiti tadbirlarida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

«Tadbir kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan», — deyiladi xabarda.