«Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda paxta dalasida fermer va qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi. Nav evaziga hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. «Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi, takroriy ekin ekkan ta’qib qilinardi», — dedi davlat rahbari.

AQSh paxtachilikdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln yo‘naltiradi

AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistondagi paxta korxonalari salohiyatini xalqaro mehnat standartlari va munosabatlariga moslashtirish maqsadida $2 mln grant ajratadi.

Mirziyoyev Putinni «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, qolaversa 70 yoshga to‘lgani uchun «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Kampir-Obod suv omborini birgalikda boshqaradi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan Kampir-Obod (Andijon) suv omborini boshqarish uchun 50/50 ulushga ega qo‘shma korxona tashkil etilishini ma’lum qildi.

Dzyudo: Jahon chempionatining birinchi kunida ikki o‘zbekistonlik mag‘lubiyatga uchradi

Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining 1-kunida O‘zbekiston vakili Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda qozog‘istonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi. 48 kg vaznda Halima Qurbonova turkiyalik sportchini yengib, 2-davrada Italiya vakilga mag‘lub bo‘ldi. (Foto)

Uzbekistan Airways Milan, Rim va Parijga bo‘lgan mavsumiy aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi

Uzbekistan Airways «Qish-2022» jadvaliga o‘tish munosabati bilan Urganch — Milan — Toshkent, Urganch — Rim — Toshkent, Toshkent — Parij — Toshkent yo‘nalishlarida mavsumiy aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi. Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan yozgi parvozlar jadvaliga ko‘ra oktabr oyi oxirigacha bo‘ladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 34 ta elektropoyezd sotib olish uchun tender e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan tashkilot 34 ta zamonaviy elektropoyezd sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lonqildi.

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida qatnashadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibida «mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan».

So‘mdagi kreditlarning o‘rtacha foiz stavkalari pasaydi, dollarda esa oshdi

Milliy valyutadagi kredit stavkalari ketma-ket uchinchi oy pasayib, 22,2% ni tashkil etdi. Aholi kreditlari bo‘yicha foizlar 5 oy ichida minimal darajaga tushdi, biroq biznes qarzlari yana ko‘tarila boshladi. Xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020 yil may oyidan beri maksimal darajaga yetdi.

Namangandagi maktabda o‘quvchilar o‘qituvchiga kuch ishlatdi

Kosonsoy tumanidagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Videodan boshqa bir o‘quvchi ustozining boshiga gultuvak otganini ham ko‘rish mumkin. XTV janjal o‘zaro kelishmovchilik oqibatida yuzaga kelganini ma’lum qildi. O‘quvchining onasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Navoiyda bank xodimlari bankomatdan qariyb 100 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Navoiyning Navbahor tumanidagi «Turonbank» xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan mablag‘ning qariyb 100 mln so‘mini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijonda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan pullar talon-toroj qilingani aniqlandi

Andijonning Paxtaobod tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan pullar qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozini ijobiy baholadi

Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekistonda YAIM o‘sishi prognozini 5,3 foizgacha yaxshiladi. Biroq 2023 yilda o‘sish 4,9% bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, maqsadli ijtimoiy himoya dasturlari orqali qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tushishi kutilmoqda.

Farzand asrab olish uchun ruxsat etilgan yosh o‘zgartirilishi mumkin

Oila kodeksiga farzand asrab oluvchilar «kamida ikki yil birga nikohda yashagan shaxslar, shuningdek, 25 yoshga to‘lgan fuqarolar» bo‘lishi mumkinligi haqida o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda. Hozirda bola asrab olish faqat «voyaga yetgan fuqarolarga» ruxsat etilgan.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Davlat tashkilotlarida nogironlarga nisbatan ishonchsizlik bor». OTMni bitirgan yuzlab nogironlar ishsiz qolmoqda

Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan 2 foizli kvota asosida bu yil 960 nafar nogiron OTMni tamomladi, biroq ular ishsiz. Qonunchilikka ko‘ra davlat tashkilotlari ularga ish o‘rni yaratishi kerak, ammo tashkilotlar ish so‘rab borganlarga rad javobini beryapti. «Gazeta.uz» ushbu muammoga e’tibor qaratdi.

Shahar ichi atamalari: Stoyanka, stansiya, ostanovka — hammasi ham bekat degani emas

Tilshunos, adib, jurnalist umuman o‘z tilini qadrlaydiganlar — o‘zbek tilining ichki imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga, shevalardagi behisob durdonalarni yig‘ib, adabiy til mulkiga aylantirishga harakat qilmog‘i kerak. «O‘zbek tili oyligi» doirasida Suyun Qorayevning 1990 yildagi maqolasini taqdim etamiz.