Stokgolmdagi Nobel qo‘mitasi 2022 yilgi kimyo sohasi bo‘yicha sovrindorlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu mukofotni amerikalik olimlar Karolin Bertotssi va Barri Sharpless, shuningdek, daniyalik olim Deyn Morten Meldal oldi. Mukofot ularga «Klik kimyosi va bioortogonal kimyo usullarini ishlab chiqqanligi uchun» topshirilgan, deya xabar berdi BBC.

«Kimyo bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti murakkab jarayonlarni soddalashtirishga qaratilgan. Barri Sharpless va Morten Meldal kimyoning „klik kimyosi“ deb nomlanuvchi funksional shakliga asos solishdi — unda molekulyar qurilish bloklari tez va samarali birlashadi. Karolin Bertotssi klik kimyosini keyingi bosqichga olib chiqdi», — deyiladi qo‘mita press-relizida.

Barri Sharpless ushbu mukofotni ikkinchi marta qo‘lga kiritmoqda — 2001 yilda u Nobel mukofotini Redzi Noeri va Uilyam Noulz bilan bo‘lishgan edi. Mukofot olimlarga farmatsevtika sanoatidagi tadqiqotlari uchun berilgan.

Klik kimyosi nima?

«Klik kimyosi» — turli xil molekulalarni bir butunga (turli maqsadlarda) ulash usullarini o‘rganadigan fan tarmog‘i. Ular xuddi biz samolyotda o‘z o‘rnimizni egallab, xavfsizlik kamarimizni bog‘lab olgandek qilib bir-biriga «bog‘lanadi».

Biroq, kamarda qisqich bor — bu ulangan molekulalar bir-biri bilan o‘zaro ta’sir qiladigan, kuchli, barqaror kimyoviy bog‘lanish hosil qiladigan ba’zi tashqi elementlarga muhtojligini anglatadi.

Texnologik rivojlanishning hozirgi bosqichida vazifa juda ahamiyatsiz bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo yana bir muhim tomoni mavjud. Bu aloqa mutlaqo «neytral» bo‘lishi kerak, ya’ni hosil bo‘lgan birikmaning kimyoviy xususiyatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Ammo bu ancha qiyin masala.

Bugun e’lon qilingan Nobel mukofoti laureatlari uni uglerod-azot aloqasi yordamida hal qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Birlashtiriladigan molekulalarning biriga uchta ketma-ket azot atomlari (azid) zanjiri, ikkinchisiga esa ikkita uglerod atomi (alkin) «bog‘langan».

Katalizator (mis ionlari) mavjud bo‘lganda, «bog‘lamlarimiz» ning ikki qismi barqaror triazol halqasiga o‘zaro bog‘lanib, ikkala qismni ham mahkam ushlab turadi, undan ushbu kimyoviy konstruktor yig‘iladi.

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti

2021 yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini organik kimyogarlar Benjamin List va Devid Makmillan qo‘lga kiritishgandi. Ular mukofotni assimetrik organokatalizni — molekulalarni sintez qilish vositasi yaratishgani uchun olishgan edi.

1901 yildan beri kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti 113 marta berilgan. U sakkiz marta hech kimga berilmagan: 1916−19, 1924, 1933, 1940−42 yillarda Nobel qo‘mitasi nomzodlar tomonidan taqdim etilgan asarlarni mukofotga loyiq deb hisoblamagan.

65 ta mukofot bir kishiga topshirilgan, 25 tasi ikki va uchta nomzod o‘rtasida taqsimlangan. Kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan 187 kishidan yetti nafari ayollardir. Ulardan ikkitasi, Mari Kyuri va Doroti Krofut Xojkinlar hammualliflarsiz, yolg‘iz o‘zi mukofotlarni olishgan.

Mari Kyuri ham 1903 yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofotini oldi va uning qizi Iren 1935 yilda eri Frederik Joliot bilan birga laureat bo‘ldi, u 35 yoshida kimyo bo‘yicha eng yosh g‘olibga aylangan.

Eng keksa laureat 2019 yilda 97 yoshida kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini olgan Jon B. Gudenafdir. Gudenaf barcha fanlar bo‘yicha eng keksa Nobel mukofoti sovrindori hisoblanadi.

Adolf Gitler uch nafar nemis Nobel mukofoti sovrindorlariga uni olishni taqiqlagan — 1938 yilda Richard Kun va 1939 yilda Adolf Butenandt kimyo bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan, Gerxard Domagk esa 1939 yilda fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ularning barchasi keyinchalik pul mukofotini emas, balki Nobel diplomi va medalini olishga muvaffaq bo‘ldi.

2022 yilgi Nobel mukofoti miqdori 10 mln shved kronasini (taxminan 900 ming dollar) tashkil etadi.