5 oktabr kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l xududlarda ba’zi joylarda 15−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 19−24 daraja bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 21−23 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12−17 daraja bo‘ladi.