29 sentabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodimning murdasi Chirchiq daryosidan topildi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, u o‘zaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o‘ldirib ketilgan va jasadi daryoga tashlab yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘ning jasadi o‘tkazilgan qidiruv harakatlari davomida topilgan hamda gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari ketmoqda. Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi xabarda.