Dushanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi, faqat markaziy va sharqiy hududlarda front kirib kelishida biroz beqarorlik kuzatiladi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechki paytga borib biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi +24 …+26 darajagacha ko‘tariladi.

Keyingi 4−7 oktabr kunlarida ob-havo antitsiklonning janubi-g‘arbiy chekkasiga qarab belgilanadi. 5-oktabr, chorshanba kuni janubiy va cho‘l zonasida antitsiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga ayrim joylarda shamolning 15−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Bu davrda havo harorati kechasi +8…+13 daraja, kunduzi 4−6 oktabrda +21…+26 daraja bo‘ladi. 7 oktabr kuni harorat +23…+28 darajagacha ko‘tariladi.