O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga sodiqdir — TIV

TIV Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi. Unda O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga sodiqligi ta’kidlangan. TIV qonunbuzarlik sodir qilmagan chet elliklar, jumladan rossiyaliklar majburiy deportatsiya qilinmasligini ma’lum qildi.

Kollej va texnikumda sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar imtihonsiz qabul qilinadi

2022−2023 o‘quv yilida kollej va texnikumga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o‘qish uchun hujjat topshirganlar imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Imtihonni faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar topshiradi.

Sergelida 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Sergelidagi zavodlarning birida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Ular 23 iyun kuni Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuk avtomashinasidan topilgandi.

Shanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida biroz yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada esa O‘zbekiston bo‘yicha quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +21…+26 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonda 1 oktabr kuni 5 ballik magnit bo‘roni kuzatiladi

O‘zbekistonda shanba kuni 5 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.

Toshkentda odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan blogerlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda ikki nafar bloger 15 sutkaga qamaldi. Ular odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan va jamoat tartibini buzuvchi videolarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan. Blogerlardan biri avval ham 15 sutka qamoq jazosini o‘tab chiqqandi.

Prezident ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston pedagoglariga 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. «Ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, moddiy ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tariladi», — dedi u.

«Ummon» guruhi solisti Zohid boshqaruvidagi BMW YTHga uchradi, bir kishi vafot etdi

Rulda sobiq «Ummon» guruhi solisti Zohid Risqiyev bo‘lgan BMW Toshkentda YTHga uchradi. Hodisa oqibatida bir kishi vafot etdi. Zohid Riskiyev ayni vaqtda jonlantirish bo‘limida.

Tijorat banklari dollarning yangi qiymatini belgiladi

Markaziy bank 30 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 14,23 so‘mga qimmatlab, 11 014,01 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib, tijorat banklari ham o‘z takliflarini yangiladi.

Sergelida 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Sergelidagi zavodlarning birida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Ular 23 iyun kuni Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuk avtomashinasidan topilgandi.

Samarqandda mayning fermasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Samarqand viloyatining Qo‘shrobod tumanida 1,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan mayning fermasi aniqlandi.

Ikki qizning ota-onasi ularning «o‘zbek millatiga munosib bo‘lmagan» raqsi uchun jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Navoiydagi kasb-hunar maktabida 2 o‘quvchi qizning raqsi aks etgan video tarqaldi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi raqsning «o‘zbek millatiga munosib emasligini» aytdi. O‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi.

O‘zbekiston Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 73-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2022 yilda Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egalladi. Indeks mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi kabi masalalar asosida tuzilgan.

Ayollarni fohishalik uchun Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi

Toshkent viloyatida qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborib kelgan 23 va 22 yoshli ayollar aniqlandi. Ular boshqa bir ayolni xorijga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Aybdorlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola va fotoreportajlar:

Jizzaxlik dehqon 65 kglik oshqovoqlarni yetishtirdi — fotoreportaj

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida Ro‘ziboy Mamatov kichigi 30 kg, kattasi 65 kglik gigant oshqovoqlarni yetishtirdi. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam dehqonning tomorqasidan fotoreportaj tayyorladi.

«Hozirgi aksar tarjimalarni o‘qib, ko‘zlarimni o‘yib olgim keladi». O‘zbek tarjimonlari bilan suhbat

Kitobxonlar orasida g‘aliz jumla, Google translate`ga solingan degan fikrlar tez-tez yangrab turadi. Aslida, tarjima qanday jarayon? Nega tarjima kitoblar ko‘p bo‘lsa-da, ular til tabiatiga yot bo‘lib qolmoqda? 30 sentabr — Xalqaro tarjimonlar kunida «Gazeta.uz» tarjimonlar bilan shu mavzuda suhbatlashdi.