26 sentabr kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkillashtirilgan Tashkent Dance Fest raqs festivali boshlandi. Ko‘plab fleshmoblar poytaxtning gavjum joylarida: aeroport, Tashkent City, Magic City, «Chilonzor» metro bekati, Oloy bozori, BUM, Sayilgoh ko‘chasi («Brodvey»), Chorsu bozori, yer osti piyodalar o‘tish joyi va shaharning boshqa kutilmagan joylarida bo‘lib o‘tdi. Ajoyib fleshmobni 300 mingdan ortiq fuqaro va turistlar tomosha qilishdi.


Har kuni Milliy bog‘da festivalning saralash bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. G‘oliblarni pul mukofotlari kutmoqda. 2 oktabr kuni festivalni yakunlovchi betakror gala-konsert bo‘lib o‘tadi.


Festival hamkori — Pepsi savdo belgisi.

O‘tkazilish vaqti: 18:00 dan 22:00 gacha.
Manzil: Milliy bog‘.

Kirish bepul.

Reklama.