Shavkat Mirziyoyev rasiligida 19 sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Farg‘ona vodiysidan Toshkent shahri hamda boshqa viloyat markazlariga temir yo‘llar soni va sifati talab darajasida emasligi tanqid qilingandi. Mutasaddilarga vodiy viloyatlari markazlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlariga temir yo‘l qatnovlarini 2 baravar ko‘paytirish topshirig‘i berilgandi.

«O‘ztemiryo‘lovchi» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, prezident topshirig‘ini bajarish maqsadida qo‘shimcha 651/652-sonli «Andijon — Xiva — Andijon» yo‘lovchi poyezdi qatnovi 28 sentabrdan yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, 29 sentabridan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan «Andijon — Buxoro» yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urgench bekatigacha uzaytirildi.

Xabarga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • «Andijon — Xiva — Andijon» yo‘lovchi poyezdi 28 sentabr haftaning chorshanba kunidan boshlab Andijondan, 29-sentabr haftaning payshanba kunidan boshlab Xivadan jo‘naydi;
  • «Andijon — Urganch — Andijon» yo‘lovchi poyezdi harakati 29 sentabrdan haftaning payshanba kuni Andijondan va haftaning juma kunidan boshlab Urganch bekatidan harakatlanadi.

«Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalri hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.