29−30 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Festivaldan maqsad Qoraqalpog‘istonda, xususan, Mo‘ynoq tumanida o‘ziga xos bo‘lgan gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, hududda madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar sonini oshirish va bu orqali hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlarning sonini yanada ko‘paytirish ekani qayd etilgan.

Tadbirdan davomida mahalliy oshpazlarning baliq taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, oshpazlar o‘rtasida bellashuv, mahalliy hunarmandlarning ko‘rgazmalari, milliy estrada va folklor ijrochilari, milliy raqs ansambli tomonidan konsert dasturi va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Marosim so‘ngida musobaqa g‘oliblari taqdirlanadi.