O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda, bastakor Ravshan Namozov (1961−2022) uzoq vaqt davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod ma’lum qildi.

Ravshan Namozov 1961 yil 10 iyulda Termizda tug‘ilgan.U faoliyatini 1989 yili tashkil etilgan «Qars» guruhida boshlagan. 1985 yil Germaniya o‘tkazilgan «Yoshlar festivalida», 1989 yili Olmaotada tashkil etilgan «Osiyo ovozi» ko‘rik-tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan. 1991 yildan buyon yakkaxon ijod qilayotgan xonanda 1993 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

«Chipradalli», «Kovushim», «Yor-yor yoron-ey», «Biyo-biyo», «Xayol», «Mana shunaqa» kabi qo‘shiqlari bilan tanilgan.

Joriy yil boshida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning gematologiya shifoxonasida davolanayotgani, unga shoshilinch qon kerakligi, salomatligi jiddiy xavf ostida ekanligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.