O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi sakkiz oyda 27,7 foizga yoki 6,97 mlrd dollarga oshib, 32,13 mlrd dollarni tashkil etdi, deya guvohlik bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

2021 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan eksport hajmi 12,7 mlrd dollarga (o‘sish — 36,5 foiz), import — 19,4 mlrd dollarga (+22,6 foiz) yetdi. Tashqi savdoning salbiy saldosi o‘sishda davom etmoqda va minus 6,7 mlrd dollarga yetdi.

Barcha eksport hajmining 24,4 foizi sanoat tovarlari savdosiga to‘g‘ri keldi — sakkiz oyda ularning savdosi 3,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksportning katta ulushini (23,4 foiz yoki 2,97 mlrd dollar), garchi mamlakat ushbu qimmatbaho metalni joriy yilning aprel oyidan beri sotmagan bo‘lsa-da, hali ham oltin egallab turibdi.

Eksport

Qiymat jihatidan oltinni hisobga olmaganda, eksport 67,7 foizga oshib, 9,72 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunga asosan to‘qimachilik mahsulotlari — 15,2 foizga — 2,18 mlrd dollargacha, sabzavot va mevalar — 656,6 mln dollar (+19,2 foiz), gaz — 645,9 mln dollar (+ 60,9), o‘g‘itlar — 275,3 mln dollar (89,3 foiz) va boshqalar o‘sishi hisobiga erishildi.

Energiya generatori mashina va uskunalar eksporti 21,3 barobar (106,8 mln dollar), sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashina va uskunalar, mashina qismlari 3,4 barobar (66,3 mln dollar), neft eksporti 2 barobar (98 mln dollar)ga o‘sganini alohida qayd etish joiz.

To‘qimachilik mahsulotlari eksporti umumiy eksport tarkibida 17,2 foizni tashkil etadi.

Mahsulotlarning asosiy qismini ip-kalava (49,6%) hamda tayyor trikotaj va tikuvchilik buyumlari (25,8%) tashkil etadi. O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari uchun Rossiya bozori haligacha asosiy bo‘lib qolmoqda, bu bozorga 823,7 mln dollarlik (+38,9 foiz) mahsulot jo‘natildi. Turkiyaga yetkazib berish 71,1 foizga oshib, 410,7 mln dollarga yetdi, Xitoyga esa 51,3 foizga kamayib, 231,5 mln dollarni tashkil qildi.

Import

Importga kelsak, eng yuqori darajalar donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar yetkazib berish — 642,6 mln dollar (+23,4 foiz), turli oziq-ovqat mahsulotlari va preparatlari — 330,5 mln dollar (2,2 barobar), shakar, shakardan tayyorlangan mahsulotlari va asal — 347,9 mln dollar (+41,4 foiz), go‘sht va go‘sht mahsulotlari — 191,8 mln dollar (+91,7%), sabzavot va mevalar — 140,4 mln dollar (86,4%) saqlanib qolmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatga quyidagi mahsulotlar importi hajmi ortdi: ichimliklar — 52,7 mln dollar (+82,5 foiz), tamaki va tamaki mahsulotlari — 34,4 mln dollar (+97,1 foiz), probka va yog‘och-taxta — 312,6 mln dollar (46,5 foiz).

Neft va neft mahsulotlari importi ham o‘sdi — 738,4 mln dollar (+20,9%), tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari — 1,02 mlrd dollar (+11,6%), plastmassa — 563,4 mln dollar (+51%), temir va po‘lat — 1,67 mlrd dollar (+38%)), avtomobillar — 1,47 mlrd dollar (+13,3 foiz), avtomobil qismlari va aksessuarlar — 545,4 mln dollar (+48,5 foiz).

Davlatlar bilan savdo

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi asosiy hamkor-davlatlar dinamikasi (yanvar-avgust oylari uchun mln AQSh dollari).

Xitoy O‘zbekiston bilan tashqi savdoda yetakchilikni saqlab qoldi — 6,03 mlrd dollar (ulushi — 18,8%). Ikkinchi o‘rinda Rossiya qoldi — 5,67 mlrd dollar (% 17,7). Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 2,87 mlrd dollar (8,9 foiz), Turkiya (7 foiz) — 2,24 mlrd dollar va Koreya Respublikasi — 1,66 mlrd dollar (5,2 foiz) bormoqda.

Rossiya va Xitoy bilan tovar ayirboshlash yuqori sur’atlarda o‘sib bormoqda (mos ravishda 27,1% va 25,8%). Qozog‘iston bilan esa tovar ayirboshlash o‘sishi sekinlashgan: 2021 yilning shu davridagi ko‘rsatkich 40,1 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 15,8 foizni tashkil etdi.

Turkiya bilan tashqi savdo deyarli o‘sishni to‘xtatdi: agar o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 74 foizga o‘sgan bo‘lsa, bu yil atigi 4,1 foizni tashkil etdi. Bunga liraning qadrsizlanishi va logistika bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lishi mumkin.

Turkmaniston bilan ham shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar — hozirgi 2,7%ga nisbatan 53,6%. Koreya bilan savdo aloqalari 2021 yilda pasayganidan keyin (-17%) 37,8 foizga oshdi. Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi esa 26,4 foizga o‘sdi.

Iyul oyida Rossiya (13,6%) O‘zbekistondan eksport yo‘nalishlari tarkibida Xitoyni (13,4%) birinchi o‘rindan siqib chiqargan bo‘lsa, avgust oyida bu farq kattalashdi (13,6%ga nisbatan 14,6%). Agar O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida Rossiya bozoriga 1,27 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 1,85 mlrd dollarni (+45,4 foiz) tashkil etdi. Xitoyga eksport o‘sishi 12,2 foizni tashkil etdi — 1,57 mlrd dollardan 1,77 mlrd dollargacha.

Turkiyaga eksport hajmi 2021 yilda ikki baravar ko‘payganidan keyin deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

O‘zbekiston MDH mamlakatlari eksport bozorlariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib bormoqda. Boshqa xorijiy davlatlarga yetkazib berishning kamayishi hisobiga MDH mamlakatlariga eksport ulushi ortib, uning umumiy hajmidagi ulushi 37,7 foizni (35,5 foizni tashkil etdi) tashkil etdi.