25−27 sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yidan salqin va biroz nam havo kirib keladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 26−27 sentabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

25−26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27 sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda shamolning kuchayishi 21−23 metr/sekundga yetishi mumkin.

25 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, 26 sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

26 sentabrda shimolda, 27 sentabrda respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechalari +10…+13 darajagacha, kunduz kunlari +22…+25 darajagacha pasayadi.

Avvalroq O‘zbekistonning katta qismida dam olish kunlari havo iliq bo‘lishi xabar qilingandi.