Rossiya Xitoyni ortda qoldirib, O‘zbekiston uchun asosiy eksport bozoriga aylandi

Rossiya iyulda O‘zbekiston eksport yo‘nalishlari tuzilmasida Xitoyni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu davlatlar bilan savdo aylanmasi jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan bir paytda Qozog‘iston, Turkmaniston va Turkiya bilan tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada sustlashdi.

Yangihayotdagi 409 ta yog‘och uy egalari shu yerda qoldiriladi — tuman hokimi

Toshkentning Yangihayot tumanidagi 409 ta yog‘och uy egalariga shu yerning o‘zidan yangi uy beriladi, dedi tuman hokimi Hayot Inog‘omov. Bunga 3341 nafar mulkdor kompensatsiya evaziga rozi bo‘lgan, 685 nafari esa norozi, yana 160 ta uy egasi topilmagan. Hozircha buzishga ko‘p yillik daraxtlar xalaqit bermoqda.

Iliq dam olish kunlaridan so‘ng havo soviy boshlaydi

O‘zbekistonning katta qismida dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi. Biroq yakshanba kuni shimoliy hududlarga Volga bo‘yidan salqin havo massalari kirib kela boshlaydi, unga kuchli shamol va yomg‘ir, ayrim joylarda esa momaqaldiroq hamrohlik qiladi. Keyingi haftadan sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentda Lacetti va Cobalt to‘qnashuvida haydovchilardan biri vafot etdi

Toshkent shahri Bektemir tumanida Lacetti va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida Cobalt haydovchisi voqea joyida vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kesib tashlanmagan, sog‘lomlashtirilgan — Ekoqo‘mita Piskentda kesilgan daraxtlar haqida

Toshkent viloyatining Piskent tumanida daraxtlar kesib tashlangani haqida xabar berildi. Ekoqo‘mitaning ma’lum qilishicha, 93 tup tol qayta tiklash va sog‘lomlashtirish uchun kesilgan. Ushbu amaliyot natijasida tol daraxtlarining o‘suvchanligi yanada oshishini ma’lum qilingan.

O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatildi

23 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda Mir kartalariga xizmat ko‘rsatish texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatildi. Banklar veb-saytlaridan esa Uzcard — «Mir» kobeyjing kartalari haqidagi bo‘limlar olib tashlandi.

Ikki oyda jami 36 nafar bog‘cha bolasi kasalxonaga yotqizildi — MTV

Avgust-sentabr oylarida respublika bo‘ylab jami 36 nafar bog‘cha bolasi turli xil kasalliklar bilan kasalxonaga yotqizildi. MTV bu kabi holatlarning barchasini tegishli xulosasiz ovqatdan zaxarlanish deb bo‘lmasligini qayd etdi. Vazirlik jurnalist va blogerlardan to‘g‘ri axborot taqdim etishni so‘ramoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘zbekistonliklarni Rossiya-Ukraina urushida qatnashmaslikka chaqirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Rossiya-Ukraina urushiga targ‘ibotlar ortidan terroristik tashkilotlar jihodni da’vo qilayotganiga munosabat bildirdi. «Ushbu urushga „jihod“ nomini berish jaholatdan boshqa narsa emas», — deyiladi bayonotda. Idora bunday fitnalarga aralashish shar’an harom ekanligini qayd etdi.

Moskvada o‘zbekistonlik yigit ikki nafar ayolni yong‘indan qutqarib qoldi

Moskva shahrida svetofor montajchisi bo‘lib ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Oybek Eshtemirov ko‘p qavatli turar-joyda sodir bo‘lgan yong‘in paytida ikki nafar ayolni qutqarib qoldi.

Prezident mamlakat gaz eksport qilmayotganini aytdi. Statistikada esa sotuvlar o‘sib bormoqda

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun gaz va paxtani eksport qilmayotganini bildirdi. O‘z navbatida, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oyda xorijga gaz yetkazib berish qiymat jihatdan 60,9 foizga — 645,9 mln dollarga oshgan.

Toshkentda yuzlab konditsionerlar arxitektura yodgorliklarini «bezamoqda»

Bosh prokuratura Toshkent shahridagi 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetganini aniqladi. Tashkilotlar o‘zboshimchalik bilan binoga havo sovutgich, soyabon va bannerlar o‘rnatib olgan. 25 ta obyekt foydalanuvchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborildi.

Farg‘onada 23 sotix yerni $15 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘onaning Yozyovon tumanida xususiy firma rahbari boshqa bir korxonaga ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 23 sotix yerni $15 000 evaziga sotishga kelishgan. Gumonlanuvchi pulning $10 ming va 55 mln so‘mini olgan vaqtida ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

7 ta vazirlikning kapital qurilish bilan shug‘ullanadigan buyurtmachi xizmatlari tugatiladi

Prezident qarori bilan 7 ta vazirlikning buyurtmachi xizmatlari tugatilib, ularning amaldagi buyurtmalari mahalliy hokimliklarning injiniring kompaniyalariga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

Ipoteka imtiyozlari kengaydi, oilalar yiliga 9 mln so‘mgacha pul tejashlari mumkin

Prezident qarori bilan fuqarolarning ipoteka kreditini to‘lash uchun yo‘naltirilgan soliqqa tortilmaydigan daromadlari hajmi yiliga 5 barobarga — 73,6 mln so‘mgacha oshirildi. Yangi xonadonlarni ta’mirsiz sotib olish uchun esa ipoteka va subsidiyalar beriladi.

Chilonzorda soxta shartnoma bilan xonadon sotishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida 89 kv metrli uyni 480 mln so‘mga sotishga kelishib, evaziga soxta shartnoma taqdim etib, 10 000 AQSh dollari va 130 mln so‘mni olgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi, tergov harakatlari boshlandi.

PMTI tadqikoti: piyodalar kiyimining rangi YTHlarni oldini olishda qanday ahamiyatga ega?

PMTI mutaxassislari piyodalar kiyimining rangi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda qanday ahamiyatga ega ekanligini tahlil qildi. Unga ko‘ra, yorqin rangdagi kiyimlar va yorug‘likni qaytaruvchi elementlar 130 metr uzoqlikdan ko‘ringani bois avtomobillarni o‘z vaqtida to‘xtashiga imkon beradi.

Avgustda uy-joy savdosi 30 foizga oshdi — ITIM sharhi

O‘zbekistonda avgust oyida ko‘chmas mulk bozoridagi savdo hajmi 30% ga, yil boshidan beri esa 8,5% ga oshdi. Ikkilamchi bozorda esa narxlar 8 oy davomida 7% ga, poytaxtda 13% ga ko‘tarildi. Ekspertlarning fikricha, bu — talab va chet el fuqarolarining kelishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonning baland tog‘larida hafta boshida qor yog‘ishi mumkin

O‘zbekiston hududiga 25−27 sentabr kunlari Volga bo‘yidan salqin va biroz nam havo kirib keladi. Shu kunlarda shamol tezligi kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Balandligi 2500 metrdan yuqori tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Odamlarimiz hayotini obinonsiz tasavvur qila olmaydi». Novvoylar — tandirchilar qanday yashashadi va ishlashadi?

Har ishning boshi non bo‘lsa, O‘zbekistonda obinon — boshdagi tojdir. O‘zbeklarning tushlik dasturxoniyu bayramlarini nonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mehmonga borayotganda obinonlardan olinsa, Chig‘atoy patirlarini sovg‘a qilishadi. «Gazeta.uz» poytaxtdagi novvoylardan ushbu kasb va mazali non sirlarini o‘rgandi.