Jizzax viloyati Paxtakor tumanida salonida 5 nafar shaxs bo‘lgan Cobalt traktor tirkamasiga urildi. Bu haqda «Millar» informatsion ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

M-39 Toshkent — Termiz yo‘lining Paxtakor tumanidan o‘tgan qismida harakatlanib ketayotgan Cobalt traktor tirkamasiga borib urilgan. YTH oqibatida yo‘lovchilardan biri vafot etgan.

Haydovchi va yana uch nafar yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli og‘irligi sabab RSHTYOIM Jizzax viloyati filialiga jo‘natilgan.

Voqea yuzasidan Paxtakor IIB tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.