Germaniyada politsiya va soliq idoralari asli O‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga aloqadorligi aytilayotgan uylarda tintuv o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda Deutsche Welle. Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Bavariya, Baden-Vyurtemberg, Shlezvig-Golshteyn va Gamburgdagi 24 ta obyektda tintuv o‘tkazgan.

21 sentabr kuni Jinoyat politsiyasi Federal boshqarmasi va Myunxen prokuraturasining 250 ga yaqin xodimi sanksiyalar rejimini buzganlikda gumon qilinganlarni tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan yirik operatsiyada ishtirok etdi. Ular orasida Alisher Usmonovdan tashqari, xavfsizlik xizmatlarini ko‘rsatgan yoki yordam bergan hamda pul olgan yana to‘rt nafar gumonlanuvchi ham mavjud.

BKA rahbari Xolger Myunxning Deutsche Welle nashriga aytishicha, bu mulk Yevropa sanksiyalari bo‘yicha taqiqlangan foyda olish maqsadida foydalanilmoqda. Bundan tashqari, Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan yaxta kimga tegishli ekanligini aniqlash maqsadida hibsga olingani xabar qilingan.

BKA rahbari Xolger Myunxning Deutsche Welle nashriga xabar berishicha, bu mulk Yevropa sanksiyalari bo‘yicha taqiqlangan foyda olish maqsadida foydalanilmoqda. Bundan tashqari, Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan yaxta kimga tegishli ekanligini aniqlash maqsadida hibsga olingani xabar qilingan.

Qayd etilishicha, Yuqori Bavariyadagi mulk tadbirkor 28 fevralda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganidan keyin ham xavfsizlik kompaniyasi tomonidan tekshirilgan. Bu xizmatlar uchun to‘lov muzlatilgan mablag‘larni tasarruf etish bo‘yicha taqiqni buzish hisoblanadi, deya qayd etildi Myunxendagi matbuot anjumanida.

Der Spiegel nashrining yozishicha, tintuvlar boshqalar qatori Tegernszeye ko‘lidagi villada ham bo‘lib o‘tgan. Bavariyaning BR teleradiokompaniyasining xabar berishicha, Alisher Usmonov 2016 yildan beri muntazam ravishda Rottax-Egerndagi uyda yashab kelgani uchun Germaniyada soliq to‘lashi kerak edi. Biroq, u Germaniya rasmiylariga soliq deklaratsiyasini taqdim etmagani sabab hozirda bu masala o‘rganilmoqda.

May oyida Alisher Usmonov YeI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganiga norozilik bildirib, Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgani xabar qilingan edi.