14 sentabr kuni Namangan viloyati Mingbuloq tumani sodir bo‘lgan YTH oqibatida 5-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa ertalab «Baliqchi — Mingbuloq — Nayman — Pungon» avtomobil yo‘lining Chordona mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida yuz bergan.

Mahallada yashovchi A.N. Lacetti avtomashinasida yuqori tezlikda kelib, yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan yosh qizni urib yuborgan.

Oqibatda qiz og‘ir tan jarohatlari oqibatida tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.


«Ushbu holat yuzasidan 19 sentabr kuni tumandagi 1-maktabda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi», — deyiladi xabarda.