Joriy yilning oktabr oyi boshidan Ozarbayjonning Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi (AZAL) Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Shaharga parvozlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, Azərbaycan Hava Yolları Boku-Toshkent-Boku yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini haftasiga 5 martagacha oshiradi.

Hozirda ikki poytaxt o‘rtasida muntazam qatnovlar dushanba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilmoqda, tez orada payshanba va yakshanba kunlari ham parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.

Aviakompaniyaning www.azal.az rasmiy sayti yaqin kunlarda aviachiptalar savdosining ochilishi kutilmoqda. Shuningdek, amalga oshiriladigan ushbu va boshqa reyslarga chiptalarni akkreditatsiya qilingan agentliklarda ham xarid qilish mumkin.

Ko‘rsatilgan tashish shartlariga javob beradigan va amaldagi epidemiologik cheklovlar ostida parvoz qilishga ruxsat berilgan yo‘lovchilar ushbu reyslarda tashishga qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjonning milliy aviakompaniyasi 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Yevropa, AQSh, Osiyo va MDHning 57 ta yo‘nalishida 30 ta samolyotni boshqaradi. Bu ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Kavkaz va Kaspiy dengizi mintaqalarida yetakchi o‘rinni egallaydi.