15 sentabrga o‘tar kechasi Kiyevda yengil avtomobil Ukraina prezidenti va uni kuzatib borayotgan kortej bilan to‘qnashib ketdi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi Sergey Nikiforov o‘zining Facebook`dagi sahifasida.

«Davlatimiz rahbariga hamrohlik qilayotgan tibbiyot xodimlari avtomashina haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatib, tez yordam mashinasiga o‘tkazishdi. Prezident shifokor ko‘rigidan o‘tkazildi, jiddiy jarohatlar aniqlanmadi», — deb yozadi u.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari baxtsiz hodisaning barcha holatlarini aniqlaydi, deyiladi xabarda.

Hozirda to‘liq tafsilotlar taqdim etilmagan.

Ma’lumot uchun, Vladimir Zelenskiy 2019 yil 21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida 73,22 foiz ovoz to‘plab, sobiq prezident Pyotr Poroshenko ustidan g‘alabaga erishgandi.