14 sentabr kuni kechqurun O‘zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 15 sentabr kuniga mo‘ljallangan. Shu kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar qilinganidek, Xitoy Raisi 16 sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.