Ijtimoiy tarmoqlarda 13-sentabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlardan kirish-chiqish yopilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar bermoqda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov.

Qayd etilishicha, internetda tarqalgan videoda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida 14−17 sentabr kunlari Samarqandga kirish yopilganligi sababli haydovchilarga aylanma yo‘llar tushuntirilmoqda.

«Gazeta.uz» Samarqandning 16 ta ko‘chasi, jumladan, jamoat transporti harakati uchun yopilishi haqida xabar bergandi. Shu kunlarda shaharga kirish ham yopiladi, tranzit tashish uchun aylanma yo‘nalishlar tashkil etiladi (xarita).

«Samarqand» aeroporti 14-sentabr soat 00:01 dan 17-sentabr 00:01 ga qadar tijorat rejali va muntazam bo‘lmagan yo‘lovchi va yuk reyslarini qabul qilmaydi.